Jamiyat
Kuni kecha Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida ma’naviyat va sport festivali tashkil etildi.
Festival doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan sportning futbol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Gʻolib o‘quvchilar diplom va sport anjomlari bilan taqdirlandi.
Ushbu o‘quv maskanida fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan, korreksion yo‘nalishdagi yakka mashg‘ulotlar olib boriladigan hamda kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv xonalari, shuningdek faollar zali, sport zal, ochiq sport maydoni, zamonaviy elektron kutubxona, innovasion kompyuter xonasi, 200 o‘rinli shinam yotoqxona va oshxona mavjud.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
1 Izoh
Nasiba
12:01 / 01.01.1970
Yaxshi ekan xabarlar