Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilda qabul qilgan “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, bolalar bir nechta dori turlari bilan bepul taʼminlanadi.
Jumladan, qarorga muvofiq, 2021-yil 1-iyundan:
- 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
- 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar “A” vitamini bilan;
- 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi.
Shuningdek, 2022-yil 1-iyuldan:
- homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
- 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlanishi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q