Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Saqlash
19:56 / 04.12.2021 1711 1

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida «Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz koʻzgusi» mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Azizbek Ikramov hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.

 

 

Tadbir davomida Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini taʼminlashdagi ahamiyati, xalqchilligi bilan birga xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Tadbir Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi ansambli xonandalarining musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

 

 

Yakunda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Azizbek Ikramovga “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonini topshirdi.

1 Izoh

Nodirova Megrangiz

12:01 / 01.01.1970

Assalomu aleykoʻm Hammasi juda ham zoʻr!

Izoh qoldirish

//