
Jamiyat
Kecha, 3-dekabr kuni Namangandagi Madaniyat markazida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning 21 nafar g‘olibiga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Qolgan 60 dan ziyod ishtirokchilarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Gʻulomjon Murodxo‘jayev taqdirlanganlarni yuksak mukofotlar bilan qutlab, tanlovning respublika bosqichida ham munosib ishtirok etishlarini tiladi.
Ushbu tanlov 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot va publisistika” hamda “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinadi. Tantanali taqdirlash marosimi madaniyat va san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yakunlandi.
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q