Suxandon Oʻtkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi

Saqlash
09:11 / 20.11.2023 963 1

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli ijodkor, el sevgan suxandon Oʻtkir Siddiqov olamdan oʻtdi.

Oʻtkir Siddiqov 1945-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining drama va kino aktyorligi yoʻnalishini tamomlagan.

Oʻtkir Siddiqov boshlovchi sifatida bugungacha 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan. U 250 dan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilgan.

U 1996-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, 2017-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1 Izoh

Malihabonu

21:11 / 20.11.2023

Oxiratlari obod bo'lsin! Inna lillahi va inna ilayhi roji'un! Oila a'zolariga sabr tilaymiz!

Izoh qoldirish