Jizzaxda bedarak yoʻqolgan qizning jasadi 7 yil oʻtib topildi. Qiz sevgilisi tomonidan oʻldirilgan

Saqlash
18:37 / 03.12.2021 1191 0

2014-yil Jizzax viloyati Baxmal tumanining “Novqa” mahallasida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan Xudoynazarova Buvijon uydan chiqib ketib, bedarak yoʻqoladi. Bu haqida “Bir jinoyat izidan” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.

 

Maʼlum qilinishicha holat yuzasidan Baxmal tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib boriladi. Keyinchalik jinoyat prosetsual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

 

“Qizim kollejda 2-kurs, bola oʻqituvchi edi. Bular birinchi kursda tanishgan ekan. 2-3-marta darsdan tashqari qizni chaqirib oldi. Men u bilan gaplashganimda, «qizingizni yaxshi koʻraman, uylanaman” dedi. U bedarak yoʻqolgach, sen yoʻqotding deganimda, qasam ichib men emas dedi. Men qizim yoʻqolgandan keyin restoranlardan, kafelardan, xatto fohishaxonalardan qidirdim», deydi Buvijonning onasi.

 

Tergov ishlari natijasida jinoyatchi Oʻlmas Ravshanov qizning nomusiga tekkanidan soʻng, uni oʻldirib, koʻmib yuborgani aniqlangan. Afsuslanarlisi, jinoyatchi keyinroq boshqa qizga uylanib, hech nima boʻlmagandek yashashda davom etgan.

 

Baxmal tuman sudi tomonidan Oʻlmas Ravshanov Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//