Qashqadaryoda erkak sharʼiy nikohdagi xotinini oʻldirib, 31 metrli quduqqa koʻmib yubordi. Jinoyat 2 yil oʻtib ochildi

Saqlash
17:58 / 03.12.2021 861 0

“Oʻzbekiston” telekanalidagi “Bir jinoyat izidan” koʻrsatuvida uzoq yillardan beri ochilmagan, oxiriga yetkazilmagan jinoyat ishlarining ayrimlari haqida hikoya qilindi.

 

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryoning Koson tumanida erkak sharʼiy nigohda boʻlgan ayolini tayoq bilan urib oʻldirib, hovlidagi quduqqa koʻmib yuborgan.

 

Qayd qilinishicha, Koson tumani IIBning 2021-yil 2-noyabrdagi xabariga koʻra, Koson tumanida yashovchi Qoʻychi Toʻrayevning 3-turmushidan boʻlgan farzandi Tursuntosh Toʻrayeva oʻzining koʻrsatmasida marhuma onasi Gulsara Xolmonovani muqaddam 2019-yil 15-mart kuni otasi tayoq bilan kaltaklab qasddan oʻldirganligini maʼlum qilgan. Qizning soʻzlariga koʻra, otasi oʻz jinoyatini yashirish uchun jasadni hovlidagi foydalanilmay kelinayotgan 31 metrli chuqurlikdagi eski quduq tubiga tashlab tuproq tortib yuborgan. Hatto u oʻz farzandlariga quduq ustiga kul va axlatlarni tashlashni buyurgan.  

 

Holat yuzasida ayblanuvchi Qoʻychi Toʻrayevning oʻzidan tushuntirish olinganda qizining koʻrsatmalarini tasdiqlab, oʻsha kuni mast holatda boʻlganini maʼlum qilgan.

 

Tezkor-tergov guruhi aʼzolari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv, chuqurni kavlash ishlari natijasi ayolning jasadi chirish alomatlari bilan topilgan. 

 

Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//