Siyosat
BMT Bosh assambleyasining 9-noyabr kuni boʻlib oʻtgan 78-sessiyasida Yaqin Sharqdagi vaziyat va Falastin masalasiga bagʻishlangan oltita rezolyutsiya loyihasi koʻrib chiqildi. Jumladan, “Isroilning bosib olingan Falastin hududidagi aholi punktlari” nomli rezolyutsiya loyihasi 145 ta davlat tomonidan yoqlandi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bor.
Okkupatsiya qilingan hududlarga Sharqiy Quddus, Iordan daryosining gʻarbiy sohili, Gʻazo va xalqaro hamjamiyat Isroil tomonidan bosib olingan yerlar deb hisoblaydigan Suriyaning Joʻlon tepaligi hududi kiradi.
7 ta davlat, xususan, Kanada, Vengriya, Isroil, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, AQSH rezolyutsiyaga qarshi chiqqan boʻlsa, 18 ta davlat betaraf qolgan, 22 davlat vakillari esa ovoz berish jarayonida qatnashmagan. Qayd etilishicha, yakuniy ovoz berish natijalari yuridik kuchga ega boʻlmaydi. Chunki rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan AQSH veto huquqiga ega.
BMT Bosh assambleyasi, oʻz shartlariga koʻra, bosib olingan Falastin hududida, jumladan, Sharqiy Quddusda va Suriyaning Joʻlonida aholi punktlarini qurish hamda yerlarni musodara qilish, tinch aholini majburan koʻchirish, de-fakto yoki milliy qonunchilik orqali yerning anneksiya qilinishi va boshqa har qanday faoliyatni qoralaydi.
Oktabr oyi oxirida 120 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston BMT Bosh assambleyasining Gʻazo sektorida oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini yoqlab ovoz bergandi. 14 ta mamlakat bunga qarshi chiqqan boʻlsa, 45 ta mamlakat betaraf qolgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q