Fargʻonada oʻz uyida murdasi topilgan ayolning qotili 14 yil oʻtib topildi

Saqlash
17:32 / 03.12.2021 802 0

Fargʻona shahrida oʻz uyida murdasi topilgan ayolning qotili 14 yil oʻtib topildi. Bu haqida “Bir jinoyat izidan” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.

 

2007-yil noyabr oyida Fargʻona shahrida yashovchi Muhabbat Xolbekovaning murdasi oʻz uyida qotillik jinoyati izlari bilan topilgan. Marhuma qasddan boʻgʻib oʻldirilgan boʻlib, holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Ammo tezkor tergov ishlari olib borilganiga qaramay, jinoyatchilar aniqlanmagani sababli jinoyat ishi toʻxtatiladi.

 

2021-yilda jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan qayta ochiladi. Tergov ishlari davomida voqea joyidagi barmoq izlari papilon tizimidagi barmoq izlari bilan solishtirilganda fuqaro Tavakkal Moʻydinovga tegishli ekani aniqlanadi.

 

Tergov davomida maʼlum boʻlishicha, fuqaro M.T va R.A.lar 2007-yilning 4-noyabr kuni marhumaning uyiga u va dugonasi bilan dam olishga kelishadi. Ammo oʻrtada janjal chiqishi oqibatida fuqaro R.A. Muhabbat Xolbekovani boʻgʻib oʻldiradi. Shundan soʻng yigitlar marhumaga tegishli telefon, dvd apparatini olib chiqib ketadi.

 

Fargʻona shahar sudi tomonidan Rahmanov Akrom Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97 moddasi, 1-qismi bilan ayblanib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//