Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Saqlash
16:15 / 09.11.2023 2116 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Ozarboyjon doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Muntazam oʻtkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik sanoatida, energetika tarmogʻida, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Madaniy-gumanitar tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarboyjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan ham uchrashdi.

 

 

Uchrashuvlarda davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi batafsil koʻrib chiqildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//