Namanganda haydovchi YPX xodimiga 1000 dollar va 4 dona televizorni pora sifatida bermoqchi boʻldi

Saqlash
10:00 / 02.12.2021 829 0

Namanganda haydovchi chora koʻrilmasligi uchun YPX xodimiga 1000 AQSH dollar miqdoridagi pul va 4 dona televizorlarni pora tariqasida taklif qildi. Bu haqida IIV YHXBB xabar bermoqda.

 

Qayd qilinishicha, 2021-yil 1-dekabr kuni Namangan viloyati, Pop tumani hududida joylashgan “Namangan” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi F.Mamatqulov tomonidan maskandan harakatlanib oʻtayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil toʻxtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobilda 16 dona tegishli hujjatlarsiz televizorlar olib ketilayotgani maʼlum boʻlgan va bayonnoma orqali tuman IIBga olib kelingan. 

 

Haydovchi holat yuzasidan tegishli chora koʻrilmasligi uchun YPX xodimiga 1000 AQSH dollar miqdoridagi pul va 4 dona televizor berishni taklif qilgan. YPXO komandiri oʻrinbosari A.Abdusamadov mazkur holat boʻyicha viloyat IIB boshligʻiga bildirgi orqali, pora taklif qilayotgan fuqaroga qonuniy chora koʻrilishini soʻragan.

 

Bildirgi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilib, Pop tumani IIB maʼmuriy binosi yonida haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan X.S. YPX xodimiga 900 AQSH dollar miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//