Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan meditsina kollejining 5 qavatli qizlar yotoqxonasidan bir qiz oʻzini derazadan tashlaganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ushbu holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 30-noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda oʻqigan talaba qiz (2001-y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab oʻz joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Marhumaning oʻlim sabablari va ishga aloqador boʻlgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador boʻlgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda”, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q