Ertaga Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
23:09 / 01.12.2021 878 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 2-dekabr, payshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 22-24 iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//