Jamiyat
Toshkent shahri Uchtepa tumanida oʻpirilish yuz berishi oqibatida uch kishi tuproq ostida qolib ketgan boʻlishi mumkin. FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan dastlabki maʼlumotni taqdim etdi.
“Bugun, 11-oktabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahri Uchtepa tumani Beshqayragʻoch koʻchasida oqova (chiqindi) suvlari uchun moʻljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida oʻpirilish sodir boʻlib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadining 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q