Rossiyada migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlanishi mumkin

Saqlash
16:31 / 10.10.2023 1106 0

Rossiyada migrantlarning ayrim sohalarda ishlashiga cheklov qoʻyilishi mumkin. Bu borada yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Davlat dumasiga xorijliklarning tibbiyot muassasalari, dorixonalar, maktablarda ishlashi hamda taksi va yuk tashuvlarini amalga oshirishini taqiqlovchi qonun loyihasini kiritilgan.

Hujjat mualliflariga koʻra, mehnat muhojirlari asosiy oqimini Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan kelganlar tashkil etadi. Loyiha mualliflari iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushini 5 foizgacha cheklashni taklif qilmoqda.

Migrantlarni “chet ellik ishchilar malakasiz mehnati foydadan koʻra koʻproq zarar yetkazishi mumkin boʻlgan sohalarga” jalb qilishni toʻliq taqiqlash ham koʻzda tutilmoqda. Bunday sohalar orasida tibbiyot muassasalari va maktablardagi ish bor.

Bildirilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi iqtisodiyot mazkur tarmoqlarida migrantlar soni koʻpayishini toʻxtatish, Rossiya fuqarolarini qoʻshimcha ish bilan taʼminlash imkonini beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//