Vazirlik, idora va tashkilotlar ham yangi yil bayram tadbirlarini o‘tkazishi taqiqlandi

Saqlash
16:06 / 01.12.2021 897 0

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omiсron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
 

Unga ko‘ra, endilikda vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash hamda Davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona  va samarali foydalanish maqsadida yangi yil bayramini nishonlash bo‘yicha turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish taqiqlanadi.


Shuningdek, vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari:  mazkur bandda nazarda tutilgan cheklovga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi; mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//