11 mamlakatdan Oʻzbekistonga kelganlar majburiy karantinga olinadi

Saqlash
18:51 / 01.12.2021 872 0

Respublika maxsus komissiyasining yigʻilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bir qator yangi tartib va cheklovlar belgilandi.

 

Jumladan, endilikda xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:

 

mamlakatimizga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi boʻyicha manfiy koʻrsatkichga ega maʼlumotnomaga ega boʻlishlari lozimligi;

 

koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi boʻyicha manfiy koʻrsatkichga ega maʼlumoti mavjud boʻlmaganda, aeroport, temir yoʻl vokzallari va chegara oʻtkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishlari shartligi belgilandi.

Shuningdek:

 

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi yoʻlovchilar yuqoridagi talablar bajarilgandan soʻng mamlakatimiz hududiga kirib kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun davomida majburiy uy karantini yoki oʻz hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//