Bugun Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Saqlash
09:54 / 01.12.2021 883 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yilidagi qaroriga asosan, 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu kunda OITS bilan ogʻriganlarni qoʻllab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish boʻyicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish ishlari olib boriladi.

 

OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. OIV epidemiyasi boshlangandan buyon 75 milliondan ortiq kishi u bilan bilan kasallangan. Oʻzbekistonni ham bu xavf chetlab oʻtmagan. 2020-yilda respublikamizda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etgan.  Va ushbu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan 1483 kishiga ortgan. Butun dunyoda esa 2019-yilda 690 ming kishi OITS va unga bogʻliq kasalliklardan vafot etgan.

 

Shu vaqtga qadar davosi topilmagan kasallik har yili yuz minglab odamlarning hayotiga zomin boʻladi. Shu sababdan ham unga jahon miqyosida qarshi kurash olib boriladi. Dunyo boʻylab sanʼat, adabiyot, filmlar orqali kasallikka chalingan insonlar qismati koʻrsatib beriladi.

 

Oyina.uz isteʼdodli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu mavzuda suratga olingan “Dilemma” qisqa metrajli filmini eslatadi. Unda xorijga mehnat muhojiri sifatida ketgan erkak va uning homilador ayoli tasvirlanadi. Film davomida yosh er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati sabab, ushbu kasallikni yuqtirib olishgani, nadomatlari kutilmagan rakurslar orqali ochib beriladi. Filmni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=45iEZZt4dwE

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//