Jamiyat
Oʻzbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun joʻnab ketdi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Xabarga koʻra, 2021-yil 1-dekabr kuni erta tongda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.
“Maʼlumki, oʻtgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo moʻmin-musulmonlari «Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra boʻldilar.
Allohga shukrki, soʻnggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani Oʻzbekiston xalqini cheksiz quvontirmoqda.
Ayni kunlarda yurtimiz moʻmin-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q