Ertaga qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
13:12 / 18.09.2023 1350 0

“Oʻzgidromet” 19-sentabr, seshanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +26...+28 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +27...+32 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +17...+22 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//