Jamiyat
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani oʻz faoliyatini boshladi.
Maʼnaviyat va maʼrifat maskanining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi Bahrom Mahmatrayimov barcha yigʻilganlarni bugungi quvonchli kun bilan muborakbod etib, nuroniylar ishtirokida alvon lentani kesdilar.


Shundan soʻng, yigʻilganlar maskanda yaratilgan sharoitlar va toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu maskanda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi uchun xizmat xonalari, kutubxona, majlislar zali, mavjud boʻlib, barcha qulayliklarga ega.
Aytish kerakki, Maʼnaviyat va maʼrifat maskani endilikda hududning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yanada yaxshilashda, aholi vakillari xususan, yoshlar oʻrtasida, milliy gʻurur, milliy iftixor va daxldorlik tuygʻusini yanada kuchaytirishda va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini doimiy muvofiqlashtirishda oʻziga xos ziyo maskani boʻlib xizmat qiladi.


Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111046
Jamiyat
94512
Jamiyat
90455
Jamiyat
74518
Jamiyat
//
Izoh yo‘q