Toshkentning ayrim tumanlari hududida “svet” oʻchdi

Saqlash
14:51 / 18.09.2023 1005 0

Toshkentning ayrim hududlarida 18-sentabr kuni elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasining yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 18-sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

 

Uchtepa tumani — “Latifguzar” va “Nishabariq” MFYlarining ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Chilonzor tumani — “Novza” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

 

Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib oʻtilgan.

Qayd etish kerak, 16-sentabr kuni Oʻzbekistonda yoqilgʻi-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlandi. Hukumat qaroriga koʻra, aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi oʻzgarishsiz — 295 soʻm qoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//