Jamiyat
Avval xabar berganimizdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda yurtimizning chegaraoldi hududlarida “Vatan ostonasi” festivali boʻlib oʻtmoqda.
Festival doirasida chegaraoldi mahallalarda yashovchi yoshlarni turli yot gʻoyalar girdobiga tushib qolishini oldini olish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat hamda anʼanalarga hurmat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida turli uchrashuvlar, madaniy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Ijodiy jamoaning navbatdagi manzili Surxondaryo viloyati boʻldi. Yurtimizda yagona boʻlgan Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyda oʻtkazilgan tadbir muassasa jamoasi hamda oʻquvchilarning qalbiga gʻayrat, shijoat ulashgani rost.
– Vatan ostonasini mana shu Vatanga mehri joʻsh urib turgan haqiqiy vatanparvargina yomon nazarlardan asraydi. Men bugun mana shu oʻgʻlonlarning koʻzlaridan shunday olovni, otashni koʻrdim, – dedi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Harbiy vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi Mahfirat Zikirova.
Ayniqsa “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, professor Feruza Muhiddinova, shoira Zulfiya Moʻminova, aktyorlar Turgʻun Beknazarov va Alisher Otaboyev hamda xonanda Alisher Hamroyevlarning yoshlar ongiga taʼsir qilishga urinayotgan turli yot gʻoyalarga qarshi kurashish, buning uchun esa vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi lozimligi, kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻlishi, yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻlishi haqidagi fikrlari yoshlar uchun yana bir hayotiy saboq boʻldi.
Festival viloyatning boshqa hududlarida ham davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q