Jamiyat
Juma va dam olish kunlari barcha hududlar boʻyicha Oʻzbekistonning kuzi uchun xos boʻlgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Oʻzgidromet xizmati agentligining xabar qilishicha, shamol sharqdan oʻrtacha tezlikda esadi, faqat choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat +13…+18 daraja atrofida boʻladi. Kunduz kunlari esa havo +25…+30 darajagacha isiydi.
Respublikaning ayrim togʻli hududlarida 16−17-sentabr kunlari biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Poytaxtda 15−17-sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +15…+17 daraja, kunduz kunlari +27…+29 daraja boʻladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q