Jamiyat
“Oʻzgidromet” taqdim etadigan ob-havo prognozlari necha foiz ishonchli ekani maʼlum qilindi.
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzgidromet” boshqarma boshligʻi Azimjon Narzullayev iqlim oʻzgarishi muammolari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari haqida maʼlumot berdi. Sohada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar natijasida taqdim etilayotgan maʼlumotlarning oqlanish darajasi:
qisqa muddatli ob-havo prognozlari ishonchliligi — 93 foizni;
oʻrta muddatli ob-havo prognozlari ishonchliligi — 90 foizni;
xavfli meteorologik hodisalar yuzaga kelishi yuzasidan shoshilinch axborotlar ishonchliligi — 97 foizni tashkil etmoqda.
Joriy yilda Butunjahon meteorologik tashkiloti maʼlumotlar bazasiga kunlik ob-havo maʼlumotlari yuboriladigan stansiyalar soni amaldagi 39 tadan 79 taga oshirildi. “Oʻzgidromet” tomonidan sohani modernizatsiya qilish, kuzatuvlar tarmogʻini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, xodimlar salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan umumiy qiymati 19,5 million AQSH dollari boʻlgan 6 ta xalqaro grant loyiha amalga oshirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q