Jamiyat
Umra-2023 mavsumining navbatdagi bosqichi 14-sentabrdan boshlandi.
Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berishicha, payshanba kuni Umra-2023 mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketgan. Har 3 kunda bir marotaba amalga oshiriladigan aviaqatnov mamlakatdan Saudiya Arabistoniga yoʻl oladi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun boʻladi.


Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari (ellikboshi) hamda malakali shifokorlar yurtdoshlarga xizmat koʻrsatadi. Ziyoratchilar Madinada “Saraya Harmoniy”, Makka shahrida esa “Olyan Maasi” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Mehmonxonalarda 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Umra ibodatini ado etuvchilar 10 kun mobaynida ikki haramda toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlish bilan birga, Makka va Madina shaharlarida muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qilishadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75697
Jamiyat
//
Izoh yo‘q