Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi.
Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu borada qoʻshma Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham koʻrib chiqildi.
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109992
Jamiyat
94292
Jamiyat
90147
Jamiyat
73429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q