Oʻzbekistonning olis hududlaridagi oʻquvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
19:26 / 14.09.2023 1617 0

Oʻzbekistonning oliy va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktab oʻquvchilari uchun bepul maktab avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan.

Strategiyada taʼlim tizimi islohotlari boʻyicha yana bir qator maqsadlar qoʻyilgan. Xususan, umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish maqsadida maktablarni toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan toʻliq taʼminlash rejalashtirilgan.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qoʻllanmalar va mobil ilovalar yaratiladi. Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlari yaratiladi.

Maktablarga har yili 500 nafar “til egalari” boʻlgan xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Barcha maktablarda kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi.

Bundan tashqari prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning taʼlim metodikasi barcha umumiy taʼlim muassasalari oʻquv jarayonlariga joriy qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//