Jamiyat
Jizzax va Qashqadaryoda qariyb 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi aniqlandi.
Davlat xavfsizligi xizmatining xabar qilishicha, DXXning Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Panjikent tumanida yashovchi, 1970-yilda tugʻilgan Tojikiston fuqarosi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, 1983 va 1984-yillarda tugʻilgan 2 nafar tanishi bilan oʻzaro til biriktirib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan 9 kg 530 gr “opiy” moddasini 55 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.
DXX xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda Zomin tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa 1958, 1976 va 1985-yillarda tugʻil 3 nafar Tojikiston fuqarolari ushlanib, ulardan 2 kg 986 gr “gashish” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularni Dashtobod shaharchasidagi umumiy ovqatlanish maskanida kutib turgan, 1979-yilda tugʻilgan yana bir Tojikiston fuqarosi ushlandi. Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi ham Tojikistondan olib kelingan.
DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Buxoro — Qashqadaryo” yoʻnalishida harakatlanayotgan, Buxoro shahrida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan shaxs boshqaruvidagi Matiz Muborak tumanidagi “Shirinbuloq” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.
Natijada avtomashinada u bilan birga kelayotgan hamshahari, 1998-yilda tugʻilgan fuqaroning yonida 973 gr “geroin” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi dala maydoniga 1 kg 968 gr “geroin” moddasi koʻmib qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining joylardagi tergov boʻlimlari tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- (Kontrabanda) va 273- (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q