Jamiyat
2020-yilning fevralidan beri Oʻzbekiston bola huquqlari boʻyicha ombudsmani Aliya Yunusova oʻz faoliyatini toʻxtatayotganini maʼlum qildi. U bu haqda oʻzining Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bolalar huquqlari boʻyicha vakil sifatidagi faoliyatimni toʻxtatayotganimni maʼlum qilaman. Muhtaram prezident Shavkat Mirziyoyevga bola huquq va manfaatlarini taʼminlash, yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozdi u.
Bolalar huquqlarini taʼminlash va himoya qilishning xalqaro standartlarga javob beradigan kuchli tizimini shakllantirishda biz bilan hamkorlik qilgan, qoʻllab-quvvatlagan, hissa qoʻshgan, ishongan va ishlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, YUNISEFning Oʻzbekistondagi Bolalar jamgʻarmasi rahbari janob Munir Mammadzade va uning jamoasiga bolalar manfaatlari yoʻlidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlagani va ilgari surayotgani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman, deya post qoldirgan Yunusova.
Aliya Yunusova yuridik fanlar nomzodi, 20 yildan ortiq vaqt davomida bolalar huquqlari bilan shugʻullanadi. 1999-yildan buyon u Inson huquqlari boʻyicha milliy markazning taʼlim boʻlimi mudiri boʻlib, u yerda bolalar huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish bilan shugʻullangan. 2004-yildan beri u uch marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
2020-yilda fevral oyida ombudsman oʻrinbosari — bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi maʼqullangandi.
Maʼlumot oʻrnida, Bola huquqlari boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda bajaradi. Bola huquqlari boʻyicha vakil Oʻzbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Mazkur lavozimga esa nomzodni prezident tavsiya etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q