Jamiyat
20-sentabrdan boshlab, har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabariga koʻra, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul taʼminlash “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarorida belgilangan.
Yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Uning tanqisligi boʻqoqning rivojlanishi, qalqonsimon bez disfunksiyasi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi, kretinizm kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bolalarda yod tanqisligining eng ogʻir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikish ekanligi qayd etilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111880
Jamiyat
94686
Jamiyat
90683
Jamiyat
75378
Jamiyat
//
Izoh yo‘q