Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida bir yigit qizni majburlab mashinaga solib, olib ketmoqchi boʻlgani aks etgan video tarqalgan edi. Viloyat IIB holat yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.
Unga koʻra, Margʻilon shahar Ichki ishlar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan surishtiruv natijasida mazkur holat shahar “Tuyagul” MFY hududida 11-sentabr kuni soat 11:07 atrofida sodir boʻlgani aniqlandi. Tasvirda koʻringan qizni olib qochishga uringan yigit Margʻilon shahrida 2002-yilda tugʻilgan fuqaro ekani aniqlandi.
“Yoʻlda oʻqishga ketayotganini koʻrib qoldim. Gaplashib olaylik, deb yoniga bordim. Urishib ketdi. Keyin mashinaga chiqaraman, gaplashib olamiz, dedim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Qaytib bu xatoni qilmayman”, — deydi yigit.
Oʻzaro tanish boʻlgan yigit va qizning kelishmovchiligi ortidan kelib chiqqan holat muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q