Jamiyat
Fargʻona viloyatida Maʼnaviyat maskanlari soni yana bittaga koʻpaydi. Quva tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.
Maskanning ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamda tumani hokimligi masʼullari soʻzga chiqib, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash kabi ishlar xususida soʻz yuritdi.
Yangi maskanda tadbirlar zali, kutubxona, ijodkorlar, targʻibotchilar hamda yosh hunarmandlar xonasi mavjud.
Tantanali marosim davomida madaniy dastur tashkil etilib, sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q