Jamiyat
AQSHdan 25 nafar ingliz tili oʻqituvchisi Oʻzbekistonga keldi. Ular butun 10 oylik oʻqitish va malaka oshirish dasturlarini oʻtkazadi, mahalliy oʻqituvchilar bilan birgalikda oʻquvchi va talabalarga bevosita dars beradi, deb xabar bermoqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi.
Xabarda aytilishicha, guruh tarkibiga maktablarning 10-sinfidan to universitet darajasigacha boʻlgan bosqichda mahalliy ingliz tili oʻqituvchilari bilan birgalikda dars beruvchi amerikalik 17 nafar ingliz tili oʻqituvchisi kiradi.
Bundan tashqari, universitet darajasida ingliz tili oʻqitish salohiyatini oshiradigan, boshqa tillarda soʻzlashuvchilar uchun ingliz tili oʻqitishga ixtisoslashgan 8 nafar tajribali oʻqituvchi bor.
Oʻqituvchilar AQSHning turli qismlaridan — Kaliforniyadan Floridagacha boʻlgan hududlardan kelgan va Oʻzbekistonning 11 hududida ishlaydi.
Amerikalik oʻqituvchilarning 15 nafari AQSH Davlat departamentining Fulbright ingliz tili oʻqitish boʻyicha yordamchisi (ETA) dasturi bir qismidir, 2 nafari esa Oʻzbekistonda ingliz tili oʻqitishni davom ettirish maqsadida Toshkentdagi AQSH elchixonasining “Ingliz tili oʻrgatuvchi” dasturida avval ham qatnashgan ETA bitiruvchilaridir.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q