Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta AQSHga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq soʻzlaydi hamda C5+1 formatidagi AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro moliya tashkilotlari yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan.
19-25-sentabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi boʻlib oʻtadi.
Oliy darajadagi haftalik 19-sentabr kuni, anʼanaga koʻra, Braziliya prezidenti nutqi bilan boshlanadi. Soʻngra AQSH rahbari nutqi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, assambleyaning birinchi kunida Ukraina, Turkiya, Janubiy Afrika, Vengriya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlarining chiqishlari ham rejalashtirilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91317
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q