Jamiyat
Markaziy bank 2023-yilning 8 oyida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, yil boshidan beri 45 965 nafar fuqaroga 10,3 trillion soʻm ipoteka kreditlari berildi. Shundan 1,2 trillion soʻm Oʻzbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish mablagʻlari, 3,2 trillion soʻm bank oʻz mablagʻlari, 5,7 trillion soʻm Moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirildi.
Eng koʻp ipoteka kreditlari berilgan hududlar orasida Toshkent shahri (3 318 mlrd soʻm) yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinni Toshkent viloyati (836,3 mlrd soʻm) egallagan boʻlsa, Fargʻona viloyati (784,4 mlrd soʻm) uchinchi boʻldi. Ipoteka kreditlarining eng kam miqdori esa Sirdaryo viloyatida (251,7 mlrd soʻm).
Ipoteka kreditini olayotgan orasida ayollar va erkaklar ulushi quyidagicha:
erkaklar — 29 508 nafar (64 foiz);
ayollar — 16 453 nafar (36 foiz).
Yosh toifasiga koʻra, ushbu kreditni koʻproq 31-50 yosh atrofidagi fuqarolar olmoqda:
18-30 yosh — 8 327 nafar (18 foiz);
31-50 yosh — 32 134 nafar (70 foiz);
50 yoshdan yuqori — 5 500 nafar (12 foiz).
2023-yilning 8 oyida aholiga berilgan ipoteka kreditlarining 55 foizi (5,7 trln soʻm), birlamchi bozordagi uylarga 45 foizi (4,5 trln soʻm) ikkilamchi bozordagi uylar uchun ajratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q