Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kuyov arab shayxlariga havas qilgan koʻrinadi” nomli toʻy marosimi aks etgan video tarqalib, aholi orasida keskin muhokamalarga sabab boʻldi. IIV matbuot xizmati holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, mazkur tadbir 31-avgust kuni Namangan viloyatida oʻtkazilgan boʻlib, unda kuyov sifatida ishtirok etgan 2000-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan fuqaro I.A. viloyat IIBga taklif etilgan.
Oʻtkazilgan suhbat davomida u oʻz tashabbusi bilan shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda toʻyda kelinga noanʼanaviy kiyimlar (burqa shaklidagi) kiydirib hamda diniy kuy-qoʻshiqlardan foydalanib, tadbirga diniy tus berganini bildirgan.
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, jins boʻyicha bilvosita kamsitish, yaʼni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qoʻyadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan, gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, taʼlim, madaniyat orqali targʻib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu qonunning 29-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Ushbu qonunning 5-moddasiga koʻra, mamlakatda vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklaridan biri sifatida jamoat tartibiga, fuqarolarning sogʻligʻi va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy gʻoyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish belgilab qoʻyilgan.
Shu munosabat bilan, sud tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 184-2-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan BHMning 5 barobari (1 million 650 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Jamshid
13:09 / 13.09.2023
Assalomu alaykum Adolatni bir ko'zi ochiq ikkinchisi ko'rmi? M.Rizayeva ham Hindiston milliy libosida kelin sifatida o'zini ko'rsatganichi . Yoki faqat fuqaro I.A.ga o'tdimi tishlari