Jamiyat
Navoiy kon-metallurgiya kombinati oltin ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 5-oʻrinni egalladi.
Kombinat axborot xizmatining xabar berishicha, Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi 2023-yilning birinchi yarim yilligida dunyodagi Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar roʻyxatini eʼlon qildi. Mazkur roʻyxatga koʻra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-oʻrinni egallab, oltin ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yetakchilardan biri boʻldi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida kombinat tomonidan 1,425 million unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegishli ekanligi qayd etildi.
1. Newmont — AQSH;
2. Barrick — Kanada;
3. Agnico Eagle — Kanada;
4. Polyus — Rossiya;
5. “Navoiy” KMK — Oʻzbekiston;
6. AngloGold Ashanti — JAR;
7. Gold Fields — JAR;
8. Newcrest — Avstariliya;
9. Zijin Mining — Xitoy;
10. Kinross — AQSH.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q