Buxoroda avtokrandan yiqilib tushgan fuqarolar vafot etdi

Saqlash
16:02 / 12.09.2023 1233 0

Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi koʻp qavatli uy qurilishida ishlayotgan fuqarolar avtokran ilgagidagi bunkerdan yiqilib tushishi oqibatida vafot etdi. Voqea 2023-yilning 5-sentabr kuni sodir boʻlgan.

Viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Bekzod Sharipovning maʼlum qilishicha, avtokran bunkeridan yiqilib tushganlar ikki kishi boʻlgan.

2023-yilning 5-sentabr kuni Buxoro shahar IIO FMB 102 navbatchilik qismiga soat 17:57 da Absolute Elite Building MCHJga tegishli boʻlgan Buxoro shahar “Nizomiy Ganjaviy” MFY hududida qurilayotgan koʻp qavatli uyning qurilishida ikki nafar yollanma ishchi tan jarohati olganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan Buxoro shahar IIO FMB TB tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa sodir boʻlgan joy koʻzdan kechirilgan, — deydi Bekzod Sharipov.

Dastlabki toʻplangan hujjatlarga koʻra, koʻp qavatli uy qurilishida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgan fuqarolar — qashqadaryolik A.I. hamda N.Q. boʻlgan.

Yuk koʻtarish uchun moʻljallangan avtokranning ilgagiga osilgan bunkerga kirib binoning 8-qavati fasad qismini suvayotgan 21 yoshli fuqarolar avtokran bunkeri bino devoriga tegib, ilgaklari uzilishi natijasida yerga yiqilib, ogʻir tan jarohati olgan. Ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filialining qayta joylantirish boʻlimida vafot etgan, — deydi Bekzod Sharipov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//