Sport
11-sentabr kuni Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medallarini qoʻlga kiritdi.
-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Muhammadqodir Toshtemirov dast koʻtarish mashqida 164 kg natija bilan oltin medalga ega chiqdi.
Siltab koʻtarishdagi 188 kg unga mazkur yoʻnalishda medal taqdim qilmadi. Ammo u ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar:
Oskar Martines (Italiya) — 356 (163+193) kg
Rahmat Abdulloh (Indoneziya) — 354 (145+209) kg
Muhammadqodir Toshtemirov (Oʻzbekiston) — 352 (164+188) kg.
Musobaqa 4-sentabrdan beri davom etmoqda, shu kunga qadar musobaqada qatnashgan Sarvarbek Zafarjonov, Adhamjon Ergashev (2019-yilgi jahon chempioni) va Doston Yoqubovlarga medal nasib etmadi.
Turnir davomida yana Sharofiddin Amriddinov, Ruslan Nuriddinov (Olimpiya chempioni), Akbar Joʻrayev (Olimpiya chempioni) va Rustam Jangaboyevlar oʻz kuchini sinab koʻradi.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q