Super-kontrakt boʻyicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Saqlash
15:19 / 12.09.2023 1106 0

Oliy taʼlim olish istagida boʻlgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda.

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, 2023/2024-oʻquv yili uchun oʻtkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga koʻra, quyidagilarga:

– talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda tanlangan barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati;

– roʻyxatdan oʻtishda tanlangan 2, 3, 4 yoki 5-bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq toʻplagan bali tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Belgilangan tartibga binoan, kirish imtihonlari natijalariga koʻra, belgilangan minimal oʻtish balidan (56,7 balldan) kam ball toʻplagan abituriyentlarga ham birinchi oʻquv yiliga muayyan taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//