Jamiyat
Toshkentda bugun, 11-sentabr kuni soat 15:15 lardan boshlab, chang massalari koʻtarila boshlandi.
Havo tarkibidagi xiralik havodagi mayda chang zarrachalari hisobiga kuzatilmoqda, deb yozadi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Gʻarbiy shamollarning kuchayishi, poytaxt hududlarida quruq tuproq sirti, qolaversa, poytaxt gʻarbi qoʻshni Qozogʻiston hududlaridagi chang zarrachalarini havoga koʻtarmoqda.
Soat 15:30 holatiga koʻra, Toshkent xalqaro aeroporti aerodromida koʻrinish masofasi 1600 metrgacha cheklangan chang boʻroni kuzatilmoqda.
Avvalroq Oʻzgidromet baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha, shimol, janub va choʻl hududlarda esa 21−23 m/s gacha kuchayishi haqida maʼlum qilgandi.
“Ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +29…+32 daraja boʻladi”, — deyilgandi xabarda.
Poytaxt hokimligi aholini kuchli changli shamol boʻlishidan ogohlantirdi.
“Bugun — 11-sentabr kuni Toshkent shahrida kuchli changli shamol boʻlishi kuzatilmoqda.
Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, oʻzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q