Oʻzbekistonda 13–15-sentabr kunlari amalga oshiriladigan bir qator poyezdlar harakati bekor qilindi

Saqlash
19:58 / 11.09.2023 1286 0

13–15-sentabr kunlari Oʻzbekistonda bir qator yoʻlovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga koʻra bekor qilinadi.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabariga koʻra, 13-sentabr kuni 4-sonli Toshkent–Qarshi yoʻnalishi, 14-sentabr kuni quyidagi yoʻnalishlarda poyezdlar harakatlanmaydi:

3-sonli Qarshi-Toshkent;
4-sonli Toshkent-Qarshi;
80-sonli Toshkent-Termiz;
79-sonli Termiz-Toshkent;
682-sonli Qumqoʻrgʻon-Sariosiyo;
681-sonli Sariosiyo-Qumqoʻrgʻon;
16/15-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent.

15-sentabr kuni 3-sonli Qarshi-Toshkent yoʻnalishi bekor qilinadi.

Shu kunlarga sotilgan chiptalar summasi toʻliq qiymatda qaytariladi.

14-sentabr kuni 760-sonli Toshkent-Qarshi yoʻnalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand, 759-sonli Qarshi-Toshkent yoʻnalishida esa Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//