Jamiyat
Aholi uchun elektr energiyasi tariflarini oshirish hamda tabaqalashtirilgan tariflarni joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish 2024-yilning may oyiga rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov maʼlum qildi.
“Hozir eʼlon qilingan loyihada faqat yuridik shaxslar uchun yangi tariflar belgilanishi nazarda tutilgan, lekin aholi uchun narxlar oʻzgartirilmayapti.
Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni taʼminlashimiz kerak. Yaʼni narx oshsa-yu, lekin yana elektrda uzilish boʻlaversa, aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻladi. Shu sababli biz hozirda generatsiyalarni oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtiryapmiz. Narx moʻljali 450-500 soʻm.
Agar uzluksiz elektr yetkazib berishni taʼminlay olsakkina, aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflarni 2024-yilning 1-mayidan joriy qilish boʻyicha loyihani Hukumatga kiritishni rejalashtiryapmiz. Lekin bu aynan shu kundan narx oshadi, degani emas, hozircha barchasi loyiha xolos.
Tabaqalashtirilgan tarif deganda belgilangan “ijtimoiy norma”dan koʻp elektr isteʼmol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, koʻplab maishiy texnikalari bor xonadonlar, yaʼni nisbiy olganda boy va oʻziga toʻq xonadonlar uchun narx oshadi, degani. Hozir 85% aholi bir oyda 300 kV soatgacha elektr isteʼmol qilyapti. Lekin qolgan 15% aholi ishlatayotgan elektr energiyasi hajmi mana shu 85% aholinikidan koʻproq”, — dedi energetika vaziri.
Avvalroq 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr va gaz narxini oshirish rejalashtirilayotgani haqida xabarlar yangragandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q