Jamiyat
Gʻijduvon tumanining Armechan mahallasi Rabotiyon qishlogʻida yashagan Rayhon Dilova 10-sentabr kuni 123 yoshida vafot etdi.
Rayhon Dilova Oʻzbekistonning eng keksa fuqarolaridan biri edi. Fuqarolik pasportida uning 1900-yilda tavallud topgani qayd etilgan. Unga 2019-yil 20-avgust kuni 119 yoshida biometrik pasport berilgan edi.

Rayhon Dilova asli Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tugʻilgan, keyinroq Gʻijduvonga koʻchib oʻtgan. Uning bir opasi va ikki singlisi boʻlgan. Turmush oʻrtogʻi Bilbek Norov 1993-yili 93 yoshida olamdan koʻz yumgan. Ularning ikki qizi boʻlgan. Momoning 30 nafar chevarasi va 8 nafar evarasi bor.
Rayhon Dilova uzoq yillar qishloq xoʻjaligi ishlari bilan band boʻlgan, kolxozlarda ishlagan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75696
Jamiyat
//
Izoh yo‘q