Hafta davomida qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
17:01 / 11.09.2023 1040 0

Bugun, 11-sentabr kuni kunduzi Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

“Oʻzgidromet”ga koʻra, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati baʼzi joylarida, respublika togʻoldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +29...+32 daraja boʻladi.

Keyinchalik, hafta oxirigacha, respublika boʻyicha Oʻzbekistonda kuz fasli boshi uchun xos boʻlgan asosan kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Togʻli hududlarda 12-13-sentabr kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 14-15-sentabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida yogʻingarchilik kutilmaydi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat +30...+32 daraja boʻladi.

12-15-sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-sentyabrda +26...+28 daraja, 13-15-sentyabrda +28...+30 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//