Jamiyat
Toshkent shahridagi oltita tumanning ayrim hududlarida 11—12-sentabr kunlari gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning baʼzi mahalla va koʻchalarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi.
Yakkasaroy tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
“A. Qahhor” mahallasi;
“Damariq” mahallasi;
“Bobur” mahallasi;
“X. Sulaymonova” mahallasidagi xususiy va ulgurji isteʼmolchilar.
Sergeli tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha:
“Eshonbuloq” mahallasining Xonobod, Muqanna koʻchalari;
“Sadoqat” mahallasining Tabarruk, Tavallo koʻchalari;
“Xonobod” mahallasining Kichiksoy, Beruniy koʻchalari;
“Yuqori Darxon” mahallasining Navroʻz, Chorbogʻ koʻchalari;
Ulgurji isteʼmolchilar — 46 ta.
Bektemir tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha:
“Nurafshon” mahallasi;
Ulgurji isteʼmolchilar — 6 ta.
Yangihayot tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha:
“Fayzli” mahallasidagi Daryo boʻyi 4-tor, Qipchoq koʻchalari;
“Yangi Darxon” mahallasi;
Ulgurji isteʼmolchilar — 5 ta.
Mirobod tumanida 12-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha:
“Yangi Mirobod” mahallasi;
“Baynalminal” mahallalari;
Ulgurji isteʼmolchilar — 34 ta.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q