Jamiyat
Veolia Energy Tashkent Chilonzor tumanida tarmoq quvurlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.
Isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasi boʻylab tarmoq quvurlarini oʻtkazish ishlari boshlangani maʼlum qilindi.
Taʼmirlash ishlari davomida 10-sentabrdan 5-oktabrgacha Muqimiy koʻchasi qisman toʻsib qoʻyiladi. Quvurlarni koʻchirishdan tashqari (har birining diametri 700 millimetr va umumiy uzunligi 1 kilometr) zulfinlar va baʼzi uskunalar ham almashtiriladi.
Ish isteʼmolchilarga issiq suv taʼminotini cheklamasdan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 11—15-sentabr kunlari “Toshkent IEM” (“IES” AJ filiali) rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari doirasida Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga issiq suv berishni toʻxtatgan.
“Shunday qilib, 11-15-sentabr kunlari Muqimiy koʻchasida issiq suvning yoʻqligi Toshkent IEM ning rejali toʻxtashi bilan bogʻliq boʻladi”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q