Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi oʻtkaziladi

Saqlash
09:09 / 11.09.2023 931 1

“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlarini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023-yil 12–14-dekabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

Shunga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

“Ilm-fan – Yangi Oʻzbekiston poydevori” mavzusida xalqaro konferensiya;

Innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasi;

Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga (akademiklikka) tanlov;

“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi” ekspozitsiyasi.

1 Izoh

Ramazon Bobokalonov

20:09 / 11.09.2023

Bu tadbirni dunno miqyosida keng yoyish lozim.

Izoh qoldirish