“Ularda na taklif, na tashabbus bor”. Shavkat Mirziyoyev bir qator mansabdorlarni tanqid qildi

Saqlash
22:54 / 08.09.2023 2011 0

Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining mahalliylashtirish boʻyicha yordamchilarini tanqid qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash uchun hududlarga ishchi guruhlari bordi. Misol uchun, Toshloqda yil yakunigacha qoʻshimcha 1 trillion soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati aniqlandi.

Jumladan, ishlab chiqarishni kamaytirgan 23 ta sanoat korxonasida quvvatlarni tiklash hisobiga 900 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha barcha hisob-kitoblar bor. Tumandagi 22 ta yangi loyihani ishga tushirishni tezlashtirish evaziga qoʻshimcha 50 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni bor.

Yana bir imkoniyat – tumanlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish. Masalan, “Olmaliq” kombinati mahalliy sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani yoʻlga qoʻyib, polimer, quyma ehtiyot qismlar, kimyoviy reagent kabi 1 trillion soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.

Qayd etilishicha, xuddi shunday imkoniyatlar Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Xorazmda ham mavjud.
 

“Lekin bu borada viloyat hokimlarining mahalliylashtirish boʻyicha yordamchilari ishi mutlaqo sezilmayapti. Ularda na taklif, na tashabbus bor”, – dedi prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//